Owner's Manual

33
Nosozliklarni bartaraf qilish bo’yicha yo’riqnoma
Mahsulotda normadan chetga chiqish holati yuz berganda, servis markazi yoki do'kon bilan
bog'lanishdan oldin quyidagi narsalarni tekshiring.
Agar moslamada nosozliklar mavjud bo'lmasa servis haqi undiriladi.
Foydalanuvchi uchun qo'llanmada keltirilgan oddiy amallarni bajarish muammoni yechishi mumkin.
TEKSHIRING QUYIDAGI AMALLARNI BAJARING
Kuchsiz tortish yoki
tortishning yo'qligi va
vibratsiya ovozi.
Chang konteyneriga yot jismlar yoki axlat tiqilib qolish holatini tekshiring,
bu tortishni kuchsizlantiradi.
Chang konteynerini asosiy korpusdan ajratib oling va filtrlar tozaligini
tekshiring.
Tozalagich umuman
ishlamayapti?
Ta'minot vilkasi ta'minot rozetkasiga tiqilganini tekshiring.
Ta'minot rozetkasiga boshqa mahsulotlarni (quritgich, ventilyator) tiqib
ko'rib, uning elektrga ulanganini tekchiring.
Ishlatish jarayoni ushbu qo'llanmada keltirilgan ko'rsatmalarga mos
ravishda to'g'ri ekanini tekshiring.
Nimaga u birdan to'xtab
qoladi?
Ushbu mahsulot ichki qizib ketishning oldini oluvchi moslamaga ega bo'lib,
u quyidagi holatlar yuz berganda vaqtincha to'xtab qolishi mumkin.
Agar u chang konteyneriga chang va axlat tiqilgan va filtrlar ifloslangan
holatda ishlatilsa.
Agar u kirish teshigi tiqilib qolgan holatda ishlatilsa.
Agar mahsulot uzoq muddat mobaynida haddan ortiq ishlatilsa.
Ishga tushirish tugmasi bexosdan bosib qo'yilganda.
Tozalagichdan baland
shovqinli tovush chiqyapti?
Bu motorning yuqori tezlikda aylanayotgan cho'tkasi tovushi va uchlikning
urilayotgandagi shovqini hisoblanadi. Bu normal holatdir.
Agar chang konteyneri to'liq yig'ilmagan bo'lsa, shovqin yuzaga kelishi
mumkin.
Chang konteynerini to'g'ri va to'liq yig'ing.
Tozalagich hid chiqaryapti?
Ushbu apparatni xarid qilgandan keyin 3 oy davomida tozalagichdan ba'zi
hid kelib turishi mumkin. Agar apparat ishlayotgan bo'lsa, bu normal holat
hisoblanadi.
Hid chiqishiga chang konteyneridagi eski chang va uzoq muddat
tozalanmagan filtrlar sabab bo'lishi mumkin. Moslamani qayta ishlatishdan
oldin chang konteyneri va filtlarni bo'shating, tozalang va obdon yuving.
Issiq havo chiqmoqda va
asosiy korpus isib ketyapti?
Chiqish teshigidan chiqayotgan havo biroz issiq bo'ladi, chunki u motorni
sovutib chiqib kelyapti. Bu normal holatdir.
Ultrabinafsha
sterilizatsiyalovchi blok
(modelga qarab)
ishlamayapti.
• Ta'minot simi ta'minot rozetkasiga ulanganini tekshiring.
Asosiy korpus blokka to'g'ri o'rnatilganini tekshiring.
U faqat vibratsiya beryapti,
lekin havo tortmayapti.
Tortish motori qizib ketishi oldini oluvchi moslama tufayli, bu quyidagi
hollarda ro'y berishi mumkin 1) chang konteyneri to'lib qolganda, 2) filtr
yoki kirish teshigi tiqilib qolganda, yoki 3) u uzoq muddat ishlatilganda.
Blokni qayta ishlatishdan oldin uni kamida 40 daqiqa mobaynida
sovushiga qo'yib bering.
– Uni qayta ishlatishdan avval, filtr va chang konteynerini tozalang.
Agar kirish teshigi tiqilib qolgan bo'lsa, yot jismni olib tashlang.
Tarmoq simi defektli
Defektli vilka malakali elektrik tomonidan almashtirilishi kerak.