Owner's Manual
19
• Ushbu tozalagichni nominal kuchlanishdan boshga
narsalarda ishlatmang.
Bu yong'in va tuzatib bo'lmas mahsulot nosozligiga olib kelishi
mumkin.
• Agar mahsulot uzoq muddat ishlatilmasa, ta'minot
vilkasini sug'urib qo'ying.
• Tozalash jarayonida statik elektr hosil bo'lishi mumkin.
Tozalagich elektrostatik energiya tufayli nosozlikka uchrashi
munkin, shu sababli ta'minot simini sug'urib oling va uni
qaytadan tiqing.
• Paypoqlar, chulkilar, dastro'molchalar kabi yirik jismlar
tozalash jarayonida kirish teshigini berkitib qo'yishi
mumkin, shu sababli ularni tozalashni boshlashdan oldin
olib tashlang.
Ushbu moslama faqatgina changdan tozalash maqsadida
ishlatilishi kerak.
• Sterilizatsiyalovchi blokka ushbu moslamadan boshqa
narsani qo'ymang.
Magnit yoki boshqa faol elektromexanik moslamalarning
sterilizatsiyalovchi blokka yaqin joylashuvi nosozlikka olib
kelishi mumkin.
• Bir dog'ning ustida ko'p to'xtab qolmang yoki uzoq
muddat mobaynida bu dog'ning ustida takror-takror
o'ting.
Yuzaga ishqalanish va vibratsiya tufayli zarar yetishi mumkin.
• Moslama ishlab turgan sharoitda pastki yuzaga
qo'lingizni tegizmang.
• Moslamani chang konteyneri va uning qopqoqlari
o'rnatilmagan holatda ishlatmang.
Har doim chang konteynerini chegaragacha to'lganda
yoki undan oldin tozalab turing.
Agar moslama chang konteyneri to'lgan holatda uzluksiz
ishlasa, bu holat nosozlik yoki qizib ketishga olib keladi.
• Yong'in yoki elektr tokidan zararlanish oldini olish
maqsadida, sug'ura turib faqat vilkadan ushlang. Va
ta'minot simini devor rozetkasidan sug'ura turib hech
qachon simning o'zidan ushlab tortmang.
• Agar chang konteynerining tub yuzasiga yot jismlar
yopishib qolgan bo'lsa, ularni mahsulotni ishlatishdan
oldin olib tashlang.
Aks holda bu so'rish motorini xavf ostiga qo'yib, nosozlik va
shikastlanishga olib kelishi mumkin.
• Ko'rpa-to'shaklarni tozalash jarayonida tub plastinasini
mustahkamlashni unutmang. Moslamani qattiq yuza
yoki pol qoplamalarini tozalashda ishlatmang. Bu holat
yuzaga ham, moslamaning o'ziga ham shikast yetkazishi
mumkin.
• Moslamani yoki ultrabinafsha blokini tashqi sharoitda
saqlamang.
• Mahsulotni aslo zaharli gazlardan tozalashda ishlatmang.
Mahsulot ishdan chiqishi mumkin va zaharli gazlar
tozalanmaydi.
• Apparatni gorizontal yuzali joylarda ishlating yoki
saqlang va apparatga kuch ishlatmang.
Aks holda bu yong'in yoki mahsulotning ishdan chiqishiga olib
kelishi mumkin.
EHTIYOT CHORALARI
MUHIM XAVFSIZLIK YO'RIQNOMALARI










