Owner's Manual

18
Moslamani faqat ko'rpa-to'shak ashyolarini, jumladan, jun
ko'rpa, matras, yostiqlar yoki matoli divanlarni tozalashda
ishlating.
Ushbu moslamani chang, sement yoki boshqa har qanday
qurilish chiqindilaridan tozalashda ishlatmang.
Qoqilgan charmli yuzalarni tozalashda ishlatmang.
Bu yong'in yoki mahsulotning tuzatib bo'lmas darajada
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Moslama faqat ichki xona sharoitida ishlatishga
mo'ljallangan. U hech qanday ofis sharoitida yoki sanoat
maqsadlarida ishlatilishi mumkin emas.
Tuzatish bo'yicha mutaxassisdan tashqari hech bir shaxsga
moslamani qismlarga ajratish yoki unga o'zgartirish
kiritishga ruxsat berilmaydi.
Bu holat yong'in yoki elektrdan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Tozalagich va uning sterilizatsiyalovchi bloki yaqinida
benzin yoki erituvchi suyuqlik, hamda tozalovchi vositalar
yoki cho'milish mahsulotlari kabi sirtqi faol moddalarni yoki
ichimliklarni purkamang.
Bu portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Ta'minot simining og'ir buyumlar tomonidan ezilishi,
bukilishi yoki kesilishiga yo'l qo'ymang.
Shikastlangan sim yoki vilkani ishlatish yong'in yoki elektr
toki bilan zararlanishga olib kelishi mumkin. Ta'minot simi
shikastlangan bo'lsa, bu xavfli hisoblanadi, shuning uchun u
vakolatlangan servis markazi tomonidan almashtirib berilishi
kerak.
Mahsulot ichiga suv kabi suyuqliklar kirishiga yo'l qo'ymang,
hamda mahsulotni suyuqliklar, o'tkir uchli jismlar yoki yonib
turgan cho'g'larni tortib olish maqsadida ishlatmang.
Bu yong'in yoki elektr toki bilan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Agar mahsulot ichiga bexosdan suv kirib qolsa, darhol elektr
ta'minotni o'chiring va ta'minot vilkasini uzib qo'ying, hamda
xavfni bartaraf etish maqsadida LG Electronics servis agenti bilan
bog'laning.
Agar tok yerga o'tganga zanjirni uzgich va himoya o'chirish
moslamasi ta'minot qo'shilgan holatda ishga tushsa, darhol
foydalanishni to'xtatib, vakolatlangan xizmat ko'rsatuvchi
bilan bog'laning.
Aks holda bu holat elektr toki bilan zararlanishga olib keladi.
Mashina yoki uning sterilizatsiyalovchi bloki ichiga yoki
atrofiga nina to'g'nag'ich yoki o'tkir uchli buyumlarni
qo'ymang.
Elektrdan zararlanish xavfi bor.
Gaz hidi chiqqan paytlarda moslamani ishlatmang.
Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfning oldini olish
maqsadida, moslamani ta'minotdan uzib qo'ying va xonada
havo aylanishini ta'minlang.
Yong'in va portlash xavfi mavjud bo'ladi.
Har doim ta'minot simini devor rozetkasidan uzishdan o'ldin
apparat o'chirilganligiga ishonch hosil qiling.
Aks holda bu holat yong'in yoki elektr toki bilan zararlanishga olib
kelishi munkin.
Apparat 10 amperdan yuqori bo'lgan devor rozetkasiga
ulanganligiga hamda rozetka ortiqcha yuklanmaganligiga
ishonch hosil qiling.
Har qanday devor rozetkasining ortiqcha yuklanishi yong'inga
hamda mahsulotning nosozligiga sabab bo'lishi mumkin.
Agar ta'minot simi yoki rozetka jips holatda bo'lmasa,
moslamani ishlatmang.
Bu yon'gin yoki elektr toki bilan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Agar so'ruvchi hamda chiqaruvchi teshik tiqilib qolgan
bo'lsa, moslamani ishlatmang.
Bu asosiy korpusning deformatsiyasiga hamda qizib ketish tufayli
yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Tozalagichni chang konteyneri olingan holatda ishlatmang.
Mahsulotga zarar yetkazish hamda elektr tokidan zararlanish
xavfi bor.
Mahsulotni hamda uning ta'minot simini isituvchi
moslamalar oldiga qo'ymang.
Bu asosiy korpusning deformatsiyasiga, nosozlikka yoki
yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Shtepsel vilkasini asosiy rozetkadan uza turib
barmoqlaringiz shtiftga tegib ketmasligiga ehtiyot bo'ling.
Bu elektrdan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Bolalar yoki uy hayvonlarining mahsulot bilan o'ynashlari
yoki uni o'yinchoq sifatida ishlatishlariga yo'l qo'ymang.
Bu shaxsiy jarohat va apparatga ziyon yetkazishi mumkin.
Shtepsel vilkasini ho'l qo'llaringiz bilan ushlamang.
Bu elektrdan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Kirish teshigini suv bilan yuvmang va qismlarni avval
bevosita quritgandan so'ngra ishlating.
Bu elektrdan zararlanish va nosozlikka olib kelishi mumkin.
Tashqi qismini tozalayotganda ta'minot simini sug'urib oling
va qattiq yoki abraziv eritmalar bilan yuvmang.
Bu elektrdan zararlanish va tashqi shikast yetishiga olib kelishi
mumkin.
Moslama ishlab turgan sharoitda qo'llaringizni kirish
teshigiga tiqmang. Shaxsiy shikastlanishdan saqlanish
maqsadida, apparat ishlashdan to'xtashini kutib turing va
devor rozetkasidan sug'urib oling.
Kirish teshigining tashqi qismini yoki pastki yuzasini
suv yoki yuvish vositasi bilan yuvmang. Faqatgina nam
tozalovchi matodan foydalaning.
Bu mahsulotga shikast yetishi yoki elektrdan zararlanishga olib
kelishi mumkin.
Sterilizatsiya jarayoni ketayotgan paytda, to'g'ridan-to'g'ri
ultrabinafsha nuriga qarashga harakat qilmang.
Bu sizning ko'zlaringiz yoki teringizga zarar keltirishi, qizil
dog'larga o'xshash teri kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunday
vaziyat yuz bergan holatda mahalliy vrachingizga murojaat eting.
Agar ta'minot simi zararlansa, u ishlab chiqaruvchi, xizmat
ko'rsatish agenti yoki shunga o'xshash malakali shaxslar
tomonidan xavfdan saqlanish uchun almashtirilishi kerak.
Ushbu mahsulotni juda ko'p sanoat moy tutunlari yoki metal
zarralari mavjud bo'lgan joylarda ishlatmang.
Aks holda bu holat yong'inga yoki mahsulotning ishdan chiqishiga
olib kelishi mumkin.
Ushbu mahsulotni yonuvchi gazlar chiqadigan yoki chiqishi
mumkin bo'lgan joylarda ishlatmang.
Bu yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
MUHIM XAVFSIZLIK YO'RIQNOMALARI