User manual
• Quvvat manbaiga ulanadigan shnur ishdan chiqqanida mavjud xavfning oldini olish maqsadida shnur LG Elektroniks xizmat
ko’rsatish mas’ul hodimi tomonidan almashtirilishi lozim.
• Ushbu qurilma jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan shaxslar va shu bilan birga bolalarning yoki yetarlicha tajriba va
bilimga ega bo’lmagan shaxslarning foydalanishi uchun mo’ljallanmagan. Ular changyutgichdan kimningdir nazorati ostida yoki
ularning xavfsizligiga mas’ul shaxs tomonidan qurilmadan foydalanish qoidalari bo’yicha ko’rsatma olganliklaridan so’nggina
foydalanishlari mumkin.
1. Qurilmadagi X shaklida chizilgan g’ildirakli axlat chelagi aks etgan belgi 2002/96/EC farmoyishiga asosan mahsulotga taalluqli.
2. Barcha elektron va elektr qurilmalari maishiy axlat bilan emas balki hukumat yoki tegishli hokimiyat organlari tomonidan
belgilangan maxsus joylarga tashlanishi lozim.
3. Eski changyutgichdan tegishli tartibda xalos bo’lish uning atrof –muhitga va inson salomatiga salbiy ta’sirining oldini oladi.
4. Eski jihozni qayerga tashlash tartiblari bo’yicha to’liq ma’lumot olish uchun shahar ma’muriyatiga, eski jihozlarni qayta ishlash
bo’yicha xizmat bo’limiga yoki mahsulot xarid qilingan do’konga murojaat qiling.
Profilaktika ishlarini o’tkazish va jihozdan keyinchalik foydalanishda kerakli maslahatlarni olish uchun mahsulot xizmat muddati
tugashiga yaqin Vakolatli xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Xizmat muddati davomida vujudga kelishi mumkin bo’lgan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun xarid paytida taqdim qilinadi-
gan mahsulotga biriktirilgan mahsulot cheki, foydalanish bo’yicha yo’riqnoma/qo’llanma, kafolat taloni kabi barcha hujjatlarni
saqlab qo’ying.
2002 yilning 1 fevralidan boshlab xarid qilingan mahsulotlar uchun xizmat ko’rsatish bepul amalga oshiriladi. Ushbu xizmat
Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Baltiya davlatlari va Markaziy Osiyo davlatlari hududidagi faqatgina Rasmiy xizmat ko’rsatish
markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Bepul xizmat ko’rsatish o’z ichiga bepul ta’mirlash va zarur ehtiyot qismlarning almashti-
rilishini oladi.
Bepul xizmat ko’rsatish muddati mahsulot iste’molchiga yetkazib berilgan kundan boshlanadi.
Bepul xizmat ko’rsatish quyidagilar uchun amalga oshirilmaydi:
• Masofadan boshqarish pultlari, akkumulyator batareyalari, elektr ta’minoti tarkibiy qismlari, elektr ta’minoti tashqi bloklari va
mahsulot barcha turlari uchun zaryadlovchi qurilmalar
• G’ilof, tasma, sumka, jihozga biriktirigan hujjatlar
• Shlanglar, trubkalar, nasadkalar, changto’plagichlar, changyutgich filtrlari.
Kafolat taloni yo’qotilgan hollarda bepul xizmat ko’rsatish amalga oshirilmaydi.
LG Elektroniks foydalanuvchi tomonidan jihozdan foydalanishda yuzaga kelgan maxfiy va shaxsiy ma’liumotning yo’qolishi uchun
javob bermaydi.
Batareykalarni, filtrni, sovutgich ichki kameralari yoritgichlarini almashtirish va jihozni tozalash kabi vaqti-vaqti bilan amalga
oshiriladigan xizat turlari Rasmiy Xizmat Ko’rsatish Markazlarida qo’shimcha haq evaziga iste’molchi xohishiga ko’ra amalga
oshiriladi.
Quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan mahsulotdagi nosozliklarni bartaraf qilish bepul xizmat ko’rsatish orqali amalga oshirilmaydi
va kafolat o’z kuchini yo’qotadi:
1. Iste’molchi tomonidan jihozdan noto’g’ri foydalanish, saqlash va uni transport vositasiga noto’g’ri yuklashda
2. Uchinchi shaxs harakatlari:
• Vakolatsiz shaxslar tomonidan ishlab chiqaruvchi tavsiya etmagan tuzilishga oid yoki sxemali texnik o’zgartirishlar kiritish yoki
ta’mirlashda
• Elektr toki bilan ta’minlash tizimi, telekommunikatsiya va kabel tarmoqlariga oid texnikaviy davlat standartlari va normalariga
rioya qilmaslikda
• Jihozni noto’g’ri o’rnatish va yoqishda
3. Jihoz tabiiy ofat, yong’in va yashin kabi qarshilik ko’rsatib bo’lmaydigan kuchlar ta’siri ostida qolganida
4. Kompyuter viruslari kabi zarar yetkazuvchi dasturlardan foydalanilgandagi ta’sirda
5. Foydalanuvchi va vakolatsiz shaxslar tomonidan kompyuter tizimlari uchun BIOS, dastur ta’minoti kabilarni noto’g’ri yangilash
oqibatida nosozliklar yuzaga kelganda
6. Tadbirkorlik faoliyati maqsadida foydalanilganda
Mahsulot sifati, uni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha shikoyat yoki takliflar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi:
AJ “LG Elektroniks Olma-ota Qozog’iston”, Qozog’iston Respublikasi, Olma-ota shahri 050061, Molodyojnaya ko’chasi, 2A.
Boshqa xizmat ko’rsatish markazlari bo’yicha ma’lumotni Iste’molchilarni qo’llab-quvvatlash xizmat bo’limiga 8-800-120-22-22
telefon qilish orqali olishingiz mumkin.
Xizmat muddati: 7 yil
Kafolat muddati: 1 yil
Bepul xizmat ko’rsatish: 3 yil
“Hom bot” rusumi uchun:
Changyutgich korpusi: 2yil
Akkumulyator: 1 yil
CHANGYUTGICH ISHLAMASA, NIMA QILISH KERAK?
KAFOLAT SHARTLARI
Tortish kuchi kamaysa, nima qilish kerak
Eski changyutgichlardan xalos bo’lish
1. Changyutgichni o’chiring va uni tarmoqdan uzing.
2. Teleskopik trubka, egiluvchan shlang va tozalash moslamasi tiqilib qolmaganligini tekshiring.
3. Changto’plagich to’lib qolmaganligini tekshiring. Zarurat bo’lsa, uni bo’shating.
4. Chiqarish filtri ifloslanmaganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, uni tozalang.
5. Havo filtri va motor himoya filtri ifloslanmaganligini tekshiring. Zarurat bo’lsa, ularni tozalang.
6. Changtutkich ichini tekshiring. Zarurat bo’lsa, uning ichki qismini tozalang.
MFL68043501


