User manual

ENG
O’ZBEKCHA
ENGO’ZBEKCHA
12
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
ENG
O’ZBEKCHA
ENGO’ZBEKCHA
EHTIYOT BO’LING
Ko’rish muhiti
y
Ko’rish masofasi
- 3D mazmunni ko’rayotganda ekran diagonali uzunligidan kamida ikki barobar ko’p masofani saqlang. 3D
mazmunni ko’rayotganda o’zingizni noqulay his qilsangiz, televizordan yanada uzoqlashing.
Ko’rish yoshi
y
Go’daklar/Bolalar
- 6 yoshdan kichik bo’lgan bolalar tomonidan 3D mazmundan foydalanish/3D mazmunni ko’rish taqiqlanadi.
- 10 yoshdan kichik bolalarda ortiqcha ta’sirlanish va ortiqcha hayajonlanish sodir bo’lshi mumkin, chunki
ularda ko’rish tizimining rivojlanish bosqichi tugallanmagan bo’ladi (masalan: ekranga tegish yoki uning
ustiga sakrashga bo’lgan urinish). 3D mazmunni ko’rayotgan bolalarni maxsus nazorat qilish va ularga
alohida e’tibor berish talab qilinadi.
- Bolalarda 3D tasvirlarning ko’proq darajadagi binokulyar nomunoqlik sodir bo’ladi, chunki ularda ko’zlar
orasidagi masofa kattalarnikiga qaraganda qisqaroqdir. Shuning uchun ular kattalarga nisbatan bir xil 3D
tasvirni ko’proq darajada stereoskopik ahamiyat bilan qabul qiladilar.
y
O’smirlar
- Yoshi 19 dan kichikroq bo’lgan o’smirlar 3D mazmundagi yorug’likdan ta’sirlanish tufayli ortiqcha sezgirlikni
namoyish qilishlari mumkin. Ularga charchagan vaqtlarida 3D mazmunni uzoq vaqt davomida ko’rishdan
o’zlarini tiyishlarini maslahat bering.
y
Keksalar
- Keksa yoshdagilar yoshlarga nisbatan kamroq darajadagi 3D effektlarni qabul qilishlari mumkin. Televizorga
tavsiya qilingan masofaga qaraganda yaqinroq o’tirmang.
3D ko’zoynaklaridan foydalanishdagi ehtiyot choralari
y
Albatta LG 3D ko’zoynaklardan foydalaning. Aks holda 3D videolarni to’g’ri ko’rolmasligingiz mumkin.
y
O’zingizning oddiy ko’zoynaklaringiz, quyosh nurlaridan himoyalovchi ko’zoynaklar yoki himoya ko’zoynaklari
o’rnida 3D ko’zoynaklardan foydalanmang.
y
O’zgartirilgan 3D ko’zoynaklardan foydalanish ko’zlarning toliqishi yoki tasvir buzilishiga olib kelishi mumkin.
y
3D ko’zoynaklaringizni haddan tashqari past yoki yuqori haroratlarda saqlamang. Bu deformatsiyaga olib kelishi
mumkin.
y
3D ko’zoynaklar nozik va osongina tirnaladi. Linzalarni artganda doimo yumshoq, toza lattadan foydalaning. 3D
ko’zoynaklarning linzalarini o’tkir narsalar bilan tirnamang yoki kimyoviy moddalar bilan tozalamang/artmang.