User manual
Table Of Contents

10
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
ENG
O’ZBEKCHA
ENGO’ZBEKCHA
y
Ko’rish burchagiga qarab (chap/o’ng/yuqori/past) paneldagi ravshanlik va ranglar farq
qilishi mumkin.
Bu hodisa panelning o’ziga xos xususiyatlari tufayli sodir bo’ladi. Bu ishlash samaradorligi
bilan bog’liq emas va uning noto’g’ri ishlayotganligini anglatmaydi.
y
Harakatsiz tasvirlarni uzoq vaqt davomida aks ettirish (masalan, kanal logotipi, ekran menyusi, video
o’yinlardagi sahnalarni aks ettirish) qoldiq tasvir sifatida mashhur bo’lgan tasvirning saqlanishi natijasida
ekranning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Kafolat qoldiq tasvir oqibatida mahsulotning shikastlanishini
qamrab olmaydi.
Televizoringiz ekranida uzoq vaqt davomida (LCD uchun 2 soatdan ko’proq, Plazma uchun 1 soatdan ko’proq)
harakatsiz tasvirning namoyish qilinishiga yo’l qo’ymang.
Agar TVni uzoq vaqt davomida 4:3 (21:9 modeli uchun 4:3 yoki 16:9) nisbatda ko'rsangiz, panel chetlarida
qoldiq tasvirlar hosil bo'lishi mumkin. TVni uzoq vaqt davomida tomosha qilish paytida, iltimos, ekranning
dastlabki nisbatidan foydalaning.
Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular almashtirib yoki
qoplab berilmaydi.
y
Hosil qilingan ovoz
“Qarsillovchi” shovqin: Televizor ko’rish yoki o’chirish vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat va
namlik tufayli plastik materiallarining qisqarishi orqali hosil qilinadi. Bu harorat natijasida deformatsiyalanish
talab qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi. Elektr zanjirining guvillashi/panelning g’o’ng’illashi:
Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi elektr toki bilan ta’minlovchi yuqori tezlikda o’zgaruvchi zanjir
tomonidan sezilarsiz shovqin hosil qilinadi. U mahsulot turiga bog’liq.
Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash samaradorligiga va uning ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi.
y
TV yonida yuqori voltli elektr mahsulotlaridan foydalanmang (masalan, elektr chivin tutqich). Bu mahsulotning
noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.










