User manual

YIG’ISH VA TAYYORLASH
Televizorni ko’tarish va
siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat’iy nazar
televizorning tirnalishi yoki unga zarar yetishi xav-
fining oldini olish va xavfsiz tarzda tashish uchun
quyidagi maslahatlarga amal qiling.
EHTIYOT BO’LING
Hamma vaqt ekranga tegib ketishdan
saqlaning, chunki bu ekran buzilishiga olib
kelishi mumkin.
Televizorni dastlab olib kelingan quti yoki
qadoqlash materialiga solingan holda siljitish
tavsiya qilinadi.
Televizorni siljitish yoki ko’tarishdan avval
quvvat manbaiga ulash shnuri va barcha
kabellarni uzing.
Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishi
oldini olish uchun uning ekrani sizga teskari
qarab turgan bo’lishi kerak.
Televizor korpusining yuqori va quyi
qismlarini mahkam ushlang. Shaffof qismi,
dinamik yoki dinamikning to’rli qismidan
ushlamaganligingizga ishonch hosil qiling.
Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki
kishi bo’lishi kerak.
Televizor qo’lda tashilgan vaqtda uni quyidagi
tasvirda ko’rsatilgani kabi ushlang.
Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki
ortiqcha tebranishlar ta’siriga qo’ymang.
Televizorni tashish vaqtida uni vertikal
holatda ushlang, hech qachon televizorni yon
tomonga burmang yoki chapga yoki o’ngga
qiyalatmang.
Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib
keluvchi ortiqcha bosim ishlatmang, chunki bu
ekraga zarar yetkazishi mumkin.
Televizorni ko‘chirish vaqtida uni yotqizgan
yoki qiyshaytirgan holda emas, balki tik holda
ushlang.
Televizor bilan muomala qilganda turtib
chiqqan joystik tugmasini shikastlamaslik
uchun ehtiyot bo’ling.
18
ENG
O’ZBEKCHA