User manual
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
Mahsulotni siljitish yoki qadoq qutisidan bo’shatishda juft bo’lib ishlang, chunki
mahsulot og’ir.
Aks holda, bu shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Mahsulotning ichki qismlarini tozalash uchun yiliga bir marta xizmat ko’rsatish
bo’limiga murojaat qiling. Yig’ilgan changlar mexanik nosozliklarga olib kelishi
mumkin.
Barcha turdagi xizmat uchun malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga murojaat
qiling. Jihoz biror tarzda nosoz holatga kelgan, masalan, elektr tarmog’iga ulash
shnuri yoki vilkasiga zarar yetgan, jihoz ustiga suyuqlik to’kilgan yoki buyumlar
tushib ketgan, jihoz yomg’ir yoki namlikda qolgan, yaxshi ishlamayotgan yoki
tushirib yuborilgan hollarda texnik xizmat ko’rsatish talab qilinadi.
Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u yoqilganda ozgina miltillash
bo’lishi mumkin. Bu tabiiy holdir, mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.
Panel ikki milliondan olti milliongacha bo’lgan piksellardan iborat bo’lgan yu-
qori texnologiyali displey mahsulotidir. Siz panelda o’lchami 1 ppm bo’lgan
kichkina qora nuqtalarni va/yoki yorqin rangdagi (qizil, ko’k yoki yashil) nuqtalarni
ko’rishingiz mumkin. Bu mahsulotning noto’g’ri ishlayotganligini bildirmaydi va ish-
lash samaradorligiga va mahsulot ishonchliligiga ta’sir ko’rsatmaydi. Ushbu hodisa
boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular
almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
Ko’rish burchagiga qarab (chap/o’ng/yuqori/past) paneldagi ravshanlik va ranglar
farq qilishi mumkin.
Bu hodisa panelning o’ziga xos xususiyatlari tufayli sodir bo’ladi. Bu ishlash sama-
radorligi bilan bog’liq emas va uning noto’g’ri ishlayotganligini anglatmaydi.
Harakatsiz tasvirlarni uzoq vaqt davomida aks ettirish (mas., efirga uzatilayotgan kanal logotipi,
ekran menyusi, video o‘yin yoki kompyuter ekranidan olingan sahna) qoldiq tasvir sifatida mashhur
bo’lgan tasvirning saqlanishi natijasida ekranning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Kafolat qoldiq
tasvir oqibatida mahsulotning shikastlanishini qamrab olmaydi.
Televizoringiz ekranida uzoq vaqt davomida (OLED uchun 1 soatdan ko’proq) harakatsiz tasvirning
namoyish qilinishiga yo’l qo’ymang.
Yana siz 4:3 nisbatda uzoq vaqt davomida televizor ko’rgan hollarda ham panel chetlarida qoldiq
tasvirlar hosil bo’lishi mumkin.
Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo’lishi mumkin va buning uchun ular al-
mashtirib yoki harajatlar qoplab berilmaydi.
Hosil qilingan ovoz
“Qarsillovchi” shovqin: Televizor ko’rish yoki o’chirish vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat
va namlik tufayli plastik materiallarining qisqarishi orqali hosil qilinadi. Bu harorat natijasida defor-
matsiyalanish talab qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi.
Elektr zanjirining guvillashi/panelning g’o’ng’illashi: Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi
elektr toki bilan ta’minlovchi yuqori tezlikda o’zgaruvchi zanjir tomonidan sezilarsiz shovqin hosil
qilinadi. U mahsulot turiga bog’liq.
Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash samaradorligiga va uning ishonchliligiga ta’sir
ko’rsatmaydi.
TV yonida yuqori voltli elektr mollardan foydalanmang (masalan, elektr chivintutqich). Bu mah-
sulotning noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
9
ENG
O’ZBEKCHA










