User manual
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
Mahsulotni o’zingiz bilgancha qismlarga ajratmang, ta’mirlamang yoki
o’zgartirmang. Yong’in yoki elektr toki urishi ko’ngilsiz hodisasi sodir bo’lishi mum-
kin. Tekshirish, kalibratsiya qilish yoki ta’mirlash uchun xizmat ko’rsatish bo’limiga
murojaat qiling.
Quyidagilardan birortasi sodir bo’lgan hollarda mahsulotni darhol elektr
tarmog’idan uzing va mahalliy xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.
- Mahsulot zarba ta’sirida qolganda
- Mahsulotga zarar yetganda
- Mahsulotdan tutun yoki notabiiy hid chiqqanda
- Begona buyumlar mahsulotga kirib qolganda
Aks holda, bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Agar televizordan uzoq muddat foydalanishni rejalashtirmasangiz, uni
o’zgaruvchan tok tarmog’i rozetkasidan uzib qo’ying.
Changlarning to’planishi yong’in xavfini keltirib chiqarishi va izolyatsiyaning yemiri-
lishi elektr tokining ortiqcha sarfiga, zarbiga va yong’inga olib kelishi mumkin.
Jihozga suyuqliklar tomib turmasligi yoki sachramasligi hamda vaza singari suyuq-
lik bilan to’ldirilgan buyumlar jihoz ustiga qo’yilmasligi kerak.
6
ENG
O’ZBEKCHA










