User manual

16
ENG
O’ZBEKCHA
QUTINI OCHISH VA UNI BO’SHATISH
Televizorni ko’tarish va siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat’iy nazar
televizorning tirnalishi yoki unga zarar yetishi xavning
oldini olish va uni xavfsiz tarzda tashish uchun quyidagi
maslahatlarga amal qiling.
y
Hamma vaqt ekranga tegib ketishdan saqlaning,
chunki bu ekran buzilishiga olib kelishi mumkin.
EHTIYOT BO’LING
y
Televizorni dastlab u olib kelingan qutida yoki
qadoqlash materialiga solingan holda siljitish tavsiya
qilinadi.
y
Televizorni siljitish yoki ko’tarishdan avval quvvat
manbaiga ulash shnuri va barcha kabellarni uzing.
y
Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishi oldini
olish uchun uning ekrani sizga teskari holda bo’lishi
kerak.
y
Televizor korpusining yuqori va quyi qismlarini
mahkam ushlang. Shaffof qismi, ovoz
karnayi yoki ovoz karnayining to’rli qismidan
ushlamaganligingizga ishonch hosil qiling.
y
Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi
bo’lishi kerak.
y
Televizor qo’lda tashilgan vaqtda uni quyidagi
tasvirda ko’rsatilgani kabi ushlang.
y
Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki ortiqcha
tebranishlar ta’siriga qo’ymang.
y
Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda
ushlang, hech qachon televizorni yon tomonga
burmang yoki chapga yoki o’ngga qiyalatmang.
y
Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib keluvchi
ortiqcha bosim ishlatmang, chunki bu ekranga zarar
yetkazishi mumkin.